
Ektor Belerin Ispaniyaga qaytdi
"Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqog‘i, "Betis" 26 yoshli ispaniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz bir mavsumga ijaraga oldi.
Ma’lumot uchun, Belerin "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Arsenal" safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Ektor o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” tarkibida jami 239 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 29 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Belerin Ispaniya terma jamoasida 4 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar