Eksklyuziv! Aliboevga Germaniya klubi qiziqish bildirmoqda

  • 24 oktabr, 23:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Neftchi"da boshlagan Ikrom Aliboev yana legionerga aylanishi, ya’ni faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. 

Tecno

31 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga Bundesliga 2 jamoasi "Darmshtatd 98" qiziqish bildirgan. Tez orada tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Futbolchiga yarim mavsumlik shartnoma taklif qilinmoqda. 

Ikrom faoliyati davomida shu paytgacha legioner sifatida 5 ta klubda harakat qilgan. Bular: "Seul", "Kanvon", "Sonnam", Tedjon Xana" va Kanvon". Qo‘shimcha qilish joiz, Key-liga 1'da 60 ta, Key-liga 2'da esa 34 ta uchrashuv o‘tkazgan. 

Aliboev terma jamoadan chaqiruv olib, Jahon chempionatida o‘ynashni istaydi. Uning Germaniyaga ko‘chib o‘tishi, katta ehtimol chaqiruv uchun yaxshi turtki bo‘la oladi. So‘nggi bor 2022 yili O‘zbekiston libosida to‘p tergan futbolchining sport formasi ayni paytda yaxshi. 

Yarim himoyachi ushbu mavsum Superligada hamma uchrashuvlarda maydonga tushdi, shulardan faqatgina 2 tasi zaxiradan, qolgan barcha uchrashuvlarni u asosiy tarkibda boshlagan. Shuningdek, 3 ta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, "Darmshtatd 98" ayni paytda turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa 10 ta o‘yinda 18 ochko to‘plagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!