EKL. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Roma" mehmonda g‘alaba qozondi, Shomurodov esa...
Evropa Konferentsiyalar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Vitess" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Serjiu Oliveyra gol urdi.
Qayd etish lozim, Oliveyraning o‘zi 76-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu bellashuvda zaxirada qoldirildi.



Fikrlar