Ekaterinburgdagi hangoma yoxud Sher Mamazulunovning g‘alabasini tortib olishdi

CHERY AUTO

Hozirgina Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promousheni tomonidan o‘tkazilgan professional kikboksing bo‘yicha "Fair Fight" turniri o‘z yakuniga etdi. Ushbu jang kechasining markaziy jangida hamyurtimiz Sher Mamazulunov hamda mahalliy jangchi Sergey Ponomaryovga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Tecno

84 kg vazn toifasida  "Fair Fight" vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo‘lgan, ushbu qarama-qarshilik 5-raund davom etdi. Jangda katta ustunlik bilan harakat qilgan yurtdoshimizni g‘alabasiga xatto rus sharxlovchilari ham shubha qilmayotgan bir pallada, hakamlar g‘alati qaror orqali g‘alabani Ponomaryovga tortiq qilib yubordilar. 

Arenaga yig‘ilgan muxlislar ham "Sher chempion" degan hayqiriqlar bilan hakamlarga e’tiroz bildirdilar. Bir so‘z bilan aytganda shunchaki mezbonlik faktori rol o‘ynadi va hamyurtimizning tayyor g‘alabasini tortib olishdi. 

Ushbu jangni shu erda tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘ring va o‘zingiz xulosa qiling. O‘z o‘rnida hamyurtimizning o‘tkazgan ajoyib jangi bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!