Eden Azar Belgiya terma jamoasi qarorgohiga etib bordi

  • 26 mart, 2021, 16:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Eden Azar jarohatini qaytalab olib, uzoq muddatga safdan chiqqanligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Tecno

30 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga etib bordi. Jamoa ertaga Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Chexiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi lozim. 

Azar terma jamoa qarorgohiga tibbiy shtab bilan ko‘rishish uchun etib borgan. Uning maqsadi fizioterapevt Liven Messxalk bilan uchrashib, tiklanish jarayonini tezlashtirish. Belgiya MTJ bosh murabbiyi Roberto Martines uni "Evro-2020"gacha safga qaytishini istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eden joriy mavsum 14 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!