Eddi Xirn: "Dana Uayt, cen o‘z ishingni qilasan, men o‘zimnikini"

  • 20 oktabr, 10:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirnga boksni rivojlantirish uchun hech narsa qilmaganini aytib, tanqid qilgandi. Bugun Xirn ushbu tanqidlarga javob qaytardi.

Tecno

“Dana aytgan gaplarni eshitib biroz xavotirlandim. U yigitni hurmat qilaman, u bilan yomon munosabatda bo‘lishni istamayman. Lekin intervyusini ko‘rib, o‘ylab qoldim: men, ehtimol, unchalik ambitsiyali emasdirman, lekin, Uayt, tinchlan, bo‘ldi. Bizga urush yoki asabiylashish kerak emas. Sen o‘z ishingni qilasan, men o‘zimnikini. Shunchaki, biz o‘z yo‘limizda davom etamiz, hozirgi holatimiz menga yoqadi”, - dedi britaniyalik "Boxing Scene" nashriga.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!