
EChLda bitta favorit bo‘lsa, bu "Real"dir
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasining joriy mavsumida kimlarni favorit deb bilishini aytdi.
“Agar Chempionlar ligasida bitta favorit bo‘lsa, bu “Real”dir. Boisi, ular musobaqada g‘alaba qozonish bo‘yicha katta tajribaga ega. Ammo bosh sovrinlar uchun da’vogarlar soni juda ham ko‘p: “Liverpul” va Angliyaning boshqa barcha vakillari, qolaversa, “Bavariya”, “Barselona”, PSJni ham esdan chiqarmaslik kerak”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Bugun "Manchester Siti" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Ispaniyaning "Sevilya" klubiga qarshi maydonga tushdi. Dortmundning “Borussiya” va Daniyaning “Kopengagen” jamoalari ham “shaharliklar” bilan bir guruhdan joy olishgan.
Fikrlar