
EChLda bir-biriga mos juftliklar. Bugun “Barselona” – “Liverpul” o‘yini bo‘ladi
Evropa chempionlar ligasida 30 aprel – 1 may kunlari yarim finalning ilk uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda dastlab “Tottenxem” Angliyada “Ayaks”ni qabul qilsa, “Barselona” Kataloniyada “Liverpul” bilan kuch sinashadi.
Bu jamoalarning shu bosqichga munosib yoki yo‘qligi boshqa masala. Lekin raqiblar bir-biri uchun mos. Chunki londonliklar va amsterdamliklar har qanday jamoaga qarshi hujumkor o‘ynashdan qo‘rqmaydiganlar sirasidan ekanligini isbotlashmoqda. Kataloniyaliklar va Klopp shogirdlari borasida esa to‘xtalib o‘tirishning hojati yo‘q. Ushbu qarama-qarshilikni ayrim insonlar yil o‘yini bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Xattoki, mazkur juftlik g‘olibi EChL bosh sovrinini qo‘lga kiritishini ishonch bilan ta’kidlashmoqda. Ammo ular “Tottenxem” drammatik bellashuvda “Manchester Siti”ni ortda qoldirganini, “Ayaks” musobaqa favoriyatlaridan ikkitasini – “Real” va “Yuventus”ni chiqarib yuborganini unitishgan ko‘rinadi.
Shunisi aniqki, kimlar finalga chiqishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Messisi bor “Barselona” bosh sovrin uchun kurashda biroz favoritdir. Lekin “Tentak Klopp” bunga jimgina qarab turmaydi.
“Ayaks” shuncha grandlarni ortda qoldirib, “Tottenxem” to‘sig‘iga kelib taslim bo‘lishni istamasligi aniq. Pochettino shogirdlarida ham shu holat. Ularni bir qadam finaldan ajratib turibdi. Shuning uchun barcha borini beradi. Uchrashuvlarda kimning imkoniyatlari yuqoriroq ekanligini esa ochig‘i, aytish juda qiyin.
Bugun Kataloniyada bo‘ladigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
1/2 final. Birinchi o‘yinlar
30 aprel. “Tottenxem” – “Ayaks” 0:1
1 may. “Barselona” – “Liverpul”
Yarim final. Javob o‘yinlari
7 aprel. “Liverpul” – “Barselona”
8 aprel. “Ayaks” – “Tottenxem”
Fikrlar