CHERY AUTO

Katta ehtimol bilan, EChLda eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar kim ekanligidan xabaringiz bor, ammo assistlar soni bo‘yicha kim peshqadam ekanligini bilasizmi? Bugun shu mavzuga atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno

20-21-o‘rin. Garet Beyl (Uels) — 20 assist

20-21-o‘rin. Samuel Eto'o (Kamerun) — 20 assist

Kuchli yigirmatalikni Chempionlar ligasi finallarida gol kiritishni uddalagan hujumchilar ochib beradi. E’tiborlisi shundaki, Beyl 2014 va 2018 yillardagi finalda ("Atletiko", "Liverpul") raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Samuel "Barselona" va "Inter" bilan shohsupaga ko‘tarilgan. Kamerunlik afsona ilk bor 2005 yilda Ronaldinoning gol kiritishiga yordam bergan.

34kgo3k4ogk34g_1

19-o‘rin. Ueyn Runi (Angliya) — 21 assist

Runi faoliyatidagi eng sermahsul mavsum sifatida 2013/14 yilgisini ko‘rsatish mumkin. Ueyn jamoasi safida 9 o‘yinda ishtirok etib, 8 bor sheriklarining gol kiritishiga yordam bergan. "Bayer"ga qarshi mehmondagi bahsda naqd 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

ogk34okg3o4kg3

18-o‘rin. Frenk Lempard (Angliya) — 22 assist

E’tiborlisi shundaki, ketma-ket 11 mavsum davomida Frenk EChLda jamoadoshlariga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan. Shaxsiy rekordi bir mavsumda 7 aniq uzatma!

16-17-o‘rin. Dani Alves (Braziliya) — 23 assist

16-17-o‘rin. Kaka (Braziliya) — 23 assist

Dani Alves futbol olami tarixidagi eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan rekordchi sanaladi. U "Barselona" bilan birgalikda 3 bor EChL oltin medallariga ega chiqqan. Boshqa bir braziliyalik Kaka esa, asosan, "Milan"dagi sermahsulligi bilan bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin egalladi. U 2005 va 2007 yilgi finallarda assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

kf2o3kfo23kf32

14-15-o‘rin. Marselo (Braziliya) — 24 assist

14-15-o‘rin. Mesut O‘zil (Germaniya) — 24 assist

Bu yigitlar birgalikda 3 yil "Real" sharafini himoya qilgan, ammo Mesut "qirollik klubi"ni katta sovrinlar qo‘lga kiritish arafasida tark etadi. U ketgach, Marselo naqd 4 bor "shalpangquloq"ni boshi uzra baland ko‘tarish baxtiga muyassar bo‘ldi. U to‘rtta finalning ikkitasida uch bor jamoadoshlarini gol kiritishiga ko‘maklashib yuborgan.

mesut1

12-13-o‘rin. Frank Riberi (Frantsiya) — 25 assist

12-13-o‘rin. Tomas Myuller (Germaniya) — 25 assist

Faoliyatini "Bavariya"ga bag‘ishlagan ikki futbolchi ro‘yxatimizda yonma-yon joy olmoqda. Hozir, Riberi kurashdan chiqqan. Tomas esa, bugun "Benfika"ga qarshi o‘yinda 2012/13 yilgi finalda Mario Manjukichning gol kiritishida yordam bergan jamoadoshini ortda qoldirib ketishi mumkin.

o34kgo34kgo3k4g

9-11-o‘rin. Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya) — 26 assist

9-11-o‘rin. Luis Suares (Urugvay) — 26 assist

9-11-o‘rin. Sesk Fabregas (Ispaniya) — 26 assist

Zlatan naqd 6 klub ("Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan" va PSJ) tarkibida EChL bahslarida assistentlik qilishga ulgurdi. Suaresning 26 assisti, asosan, "Barselona" futbolchilarining gol kiritishi uchun imkon taqdim etgan. Fabregas "Arsenal", "Chelsi" va "Barselona" muxlislarini o‘z paslari bilan xursand etgan.

8-o‘rin. Karim Benzema (Frantsiya) — 27 assist

Karim nafaqat to‘purar, balki maydonda aql bilan harakat qilishni xush ko‘radigan etakchi! "Real" Madridning ayni damdagi etakchisi faoliyati davomida 199 bor aniq uzatma bilan golga poydevor qo‘ygan. Uning navbatdagi aniq pasi ikki yuzlik dovonni zabt etilishini ta’minlaydi.

6-7-o‘rin. Neymar (Braziliya) — 29 assist

6-7-o‘rin. Andres Inesta (Ispaniya) — 29 assist

Andres EChLning 3 ta finalida raqiblarini o‘z assistlari bilan xafa qilgan. Bunday ko‘rsatkichni Neymar takrorlashi mushkul, ammo unda assistlari sonini oshirib, ro‘yxatda Andresni ortda qoldirish imkoniyati bor.

k34ogk4o3kgo43kg

5-o‘rin. Xavi (Ispaniya) — 30 assist

Kuchli beshlikni tez orada Kataloniya klubi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi kutilayotgan Xavi ochib beradi. Maestro 30 aniq uzatmaga ega. Bu uzatmalarning barchasi "Barselona" libosida amalga oshirilgan.

4-o‘rin. Rayan Giggz (Uels) — 31 assist

"Manchester Yunayted" afsonasi futbolchilik faoliyati davomida jamoadoshlarining naqd 250(!) bor gol kiritishiga yordam bergan. Ularning 31 tasi EChL doirasidagi o‘yinlarga to‘g‘ri keladi. Eng qizig‘i shundaki, birinchi va so‘nggi assist orasida 20 yil farq bor!

1-assist — 15 sentyabr, 1993 yil. "Gonved" — MYu — 2:3 (Erik Kantonaga pas)

31-assist — 27 noyabr, 2013 yil. "Bayer" — MYu — 0:5 (Luish Naniga pas)

k34go34kgo3k4g3

3-o‘rin. Anxel Di Mariya (Argentina) — 34 assist

O‘zining ilk aniq uzatmasini "Benfika"da bergan bo‘lishiga qaramay, Di Mariya "Real"da superyulduz darajasiga ko‘tarildi. PSJ tarkibiga kelib qo‘shilgach, jamoa etakchisiga aylandi. So‘nggi ikki mavsum ichida Anxel EChL bahslarida 12 bor assistentlik qilishga ulgurdi.

2-o‘rin. Lionel Messi (Argentina) — 36 assist

Ko‘pchilik Leoni birinchi pog‘onada bo‘lishini taxmin qilgan bo‘lsa, ajab emas. E’tiborlisi shundaki, Messi o‘zi to‘p surgan barcha EChL finallarida gol yoki assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Afsuski, u PSJ ga biroz muddat yordam bera olmaydi.

34okfo34kfo34kkg

1-o‘rin. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 42 assist

Ronaldu EChL tarixidagi eng yaxshi to‘purar, ammo bu uning assistlari soni 42 ta bo‘lishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q. Krishtianu naqd 15 mavsumdan beri EChLda assistentlik qilishni kanda qilmayapti. Chinakam mashina! Shunday emasmi?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!