
EChL. "Real" Germaniyada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
Evropa Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi "Leyptsig" - "Real" o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda "buqalar"3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Leyptsig"ning gollariga Yoshko Gvardiol, Kristofer Nkunku va Timo Verner mualliflik qildi. "Qirollik klubi"ning ikki gol esa Vinisius Junior va Rodrigo nomiga yozildi.
Nemis klubi mazkur g‘alabadan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. Madridliklar esa 10 ochko bilan ham etakchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar