EChL. "RB Leyptsig" sensatsion tarzda yarim finalga chiqdi

  • 14 avgust, 2020, 02:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv yakunlandi. Lissabon shahridagi “Joze alvalade” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs germaniyaliklarning 2-1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Dastlab, Dani Olmo hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Felish tarozi pallasini tenglashtirdi. Ammo asosiy vaqt yakuniga 2 daqiqa qolganida Tayler Adams g‘alaba golini yo‘llab, jamoasiga yarim final chiptalarini tuhfa etdi.

Endi “buqalar” final ostonasida PSJ klubi qarshiligini sindirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!