EChL. "Napoli" Xoylundning dubli evaziga "Sporting"dan ustun keldi, "Yuventus"ning sobiq futbolchisi esa turinliklarni g‘alabadan mahrum etdi
Evropa Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuvlar ham o‘z nihoyasiga etdi.
Antonio Konte boshchiligidagi "Napoli" o‘z uyida "Sporting"ni qabul qilib, 2:1 hisobida taslim etdi.
Manchesterliklarning sobiq ikki futbolchisi o‘yin taqdirini hal qildi. Kevin de Bryuynedan ikki assist, Rasmus Xoylundan ikki gol.
Shuningdek, Igor Tyudor boshqaruvidagi "Yuventus" klubi ham safarda "Vilyarreal" bilan to‘qnash kelib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
18-daqiqada Jorj Mikautadze hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada Federiko Gatti qaychi uslubida chiroyli zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa Fransishku Konseysau gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Turinliklarning sobiq futbolchisi Renatu Veyga 90-daqiqada sobiq jamoasiga gol urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage
Napoli
- Rasmus Højlund 36'
- Rasmus Højlund 79'
02.10.2025 00:00
Sporting CP
- Luis Suárez 62'
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage
Villarreal
- Georges Mikautadze 18'
- Renato Veiga 90'
02.10.2025 00:00
Yuventus
- Federico Gatti 49'
- Francisco Conceição 56'



Fikrlar