
EChL. Mbappe 2 bora penaltidan gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi
UEFA Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Real Madrid" - "Marsel" klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Xabi Alonso boshqaruvidagi "qirollik klubi" kambek amalga oshirgan holda, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, to‘qnashuvning 22-daqiqasida Vea hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Uning goliga esa frantsiyalik yulduz hujumchi hisoblangan Kilian Mbappe 28 va 81-daqiqalarda 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, javob berdi. Ushbu g‘alaba orqali "qaymoqranglilar" ChLning yangi mavsumini muhim g‘alaba bilan boshladi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Real Madrid
- Kylian Mbappé 81'
- Kylian Mbappé 28'
Tugadi
2
:
1
17.09.2025 00:00

Olimpik Marsel
- Timothy Weah 22'
Fikrlar