EChL. "Manchester Siti" "Real" uyida kambek amalga oshirib, g‘alabaga erishdi
Evropa Chempionlar ligasining 6-turida Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" o‘z maydonida "Manchester Siti"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bellashuvning 26-daqiqasidayoq Rodrigo Donnarumma darvozasini ishg‘ol qildi. Niko O‘Rayli oradan 8 daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 43-daqiqada esa Erling Xoland 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 13 taga etkazib olib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Qirollik klubi" esa 12 ochko bilan 8-o‘ringa tushdi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage
Real Madrid
- Rodrygo 28'
Tugadi
1
:
2
11.12.2025 01:00
Manchester Siti
- Erling Haaland 43'
- Nico O'Reilly 35'



Fikrlar