
EChL. "Manchester Siti" "Leyptsig" bilan durangga imzo chekdi
EChLning nimchorak finalidan o‘rin olgan "Leyptsig" - "Manchester Siti" bahsi 1:1 hisobida tugadi.
Dastlab, Riyod Maxrez 27-daqiqada gol urib, hisobni ochdi. 70-daqiqada Gvardiol Xalstenberg uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, ushbu to‘qnashuvning natijasi javob o‘yinida hal bo‘ladi. Ikkinchi match 15 mart kuni "Etixad" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar