EChL. "Liverpul" yana bir bor so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 18 sentabr, 01:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining dastlabki turida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" Diego Simeoening "Atletiko"sini o‘z uyida qabul qilib, 3:2 hisobida mag‘lub etdi
 
To‘qnashuvning 4 va 6-daqiqalarida Robertson va Salohning gollari evaziga mersisaydliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq, bo‘lim yakunlayotgan bir paytda Lorente hisobni qisqartirgan holda, tanaffusga chiqib ketdi. Ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida esa Markos o‘zining kuchli zarbasi bilan Alisson darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi (2:2). O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotganda Virjil van Deyk burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan zarba yo‘llab, gol urdi va jamoasining 3 ochko olishini ta’minladi

Tecno

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • League Stage

Liverpul

  • Andrew Robertson 4'
  • Mohamed Salah 6'
  • Virgil van Dijk  90'
Tugadi
3 : 2

00:00

Atletiko Madrid

  • Marcos Llorente 45'
  • Marcos Llorente 81'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!