
EChL. "Liverpul" o‘z maydonida "Reynjers"dan ustun keldi
Evropa Chempionlar ligasi "A" guruhi 3-turi doirasidagi "Liverpul" - "Reynjers" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda mersisaydliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvdagi hisob 7-daqiqada ochildi. Shotlandiya klubi jarima maydonchasi yaqinda qoida buzildi va uni Trent Aleksandr-Arnold ajoyib tarzda golga aylantirdi. Ikkinchi taym boshida esa "qizillar" penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 11 metrlik jarima to‘pidan Muhammad Saloh unumli foydalanib, jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va Yurgen Klopp shogirdlari ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.
Fikrlar