
EChL. "Liverpul" Myunxenda "Bavariya"ni mag‘lub etdi va 1/4 finalga chiqdi
Myunxendagi "Alyants-Arena"da kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval Sadio Mane Manuel Noyerning xatosidan unumli foydanalanib hisobni ochdi.
39-daqiqada esa Gnabrining qanotdan uzatgan to‘pini kutilmaganda Matip o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi va muvozanat tiklandi.
Ikkinchi bo‘limda esa Virjil van Deyk va Manelar yana bittadan gol kiritishdi va "qizillar"ni chorak finalga olib chiqishdi.
Fikrlar