EChL. Hafta ramziy jamoasiga PSJdan to‘rtta, "Siti"dan bitta futbolchi kiritildi, "Real"dan esa hech kim yo‘q (foto)

  • 18 aprel, 2024, 18:43
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda Evropa chempionlar ligasining chorak finalning ikkita javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Bavariya" va "Real" yarim final yo‘llanmasini naqd qildi. 

Tecno

Mazkur bahslar yakuniga etgach, UEFA rasmiy sayti orqali hafta ramziy jamoasini ma’lum qildi. PSJdan to‘rtta, "Bavariya" va "Borussiya"dan uchta va "Manchester Siti"dan bitta futbolchi mazkur o‘n bittalikdan joy oldi.

Endilikda asosiy favorit sifatida qaralayotgan va "Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Real"dan esa birorta futbolchi yo‘q ekanini ko‘rishimiz mumkin.

Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya").

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ), Rafael Gerreyro ("Bavariya"), Ian Matsen ("Borussiya").

Yarim himoyachilar: Joshua Kimmix ("Bavariya"), Marsel Zabitser ("Borussiya"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Vitinya (PSJ), Yulian Brandt ("Borussiya").

Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ), Usmon Dembele (PSJ).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
18/04/2024 19:04
Ахмоклар жадвали