
EChL. Hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum qilindi
UEFA Chempionlar Ligasi 1-turi ortda qoldi. Ushbu bellashuvlar yakuniga ko‘ra, hafta futbolchisi bo‘lish uchun eng yaxshi 4 o‘yinchi nomzod qilib ko‘rsatildi:
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata - "Dinamo" Kievga qarshi uchrashuvda 2 ta gol urdi;
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman - "Atletiko"ga qarshi o‘yinda 2 gol va 1 assist;
"Shaxtyor" vingeri Tete - "Real" bilan o‘yinda gol va assist amalga oshirdi;
"RB Leyptsig" himoyachisi Anxelino - "Istanbul"ga qarshi bahsda 2 ta gol kiritdi.
Fikrlar