EChL finali ko‘chiriladi? Inglizlar UEFA bilan muzokaralarni boshladi!

  • 9 may, 2021, 18:34
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqaning final uchrashuvi atrofidagi voqealar bilan tanishtirib o‘tishda davom etadi.

Tecno

Istanbul finalsiz qolishi mumkin

O‘tgan oyning o‘rtalarida Turkiyada COVID-19 yuqtirib olganlar soni keskin ko‘payib ketdi. Bir kunning o‘zidayoq 60 ming inson virus yuqtirib oldi. 29 apreldan boshlab, mamlakatda karantin qoidalari kuchaytirildi, barcha restoran va kafelar berkitildi, tunlari ko‘chaga besabab chiqish taqiqlandi. Kechadan boshlab, qoidalar yana ham keskin tus oldi. Endilikda, Turkiyada faqat oziq-ovqat uchun do‘konlarga chiqish mumkin. Boshqa barcha vositalar savdosi to‘xtatildi, bozorlar yopildi, mehmonxonalar faoliyati 50 foizga to‘xtab qoldi. To‘g‘ri, xorijlik mehmonlar uchun qoidalar yumshatilmoqda, lekin davlat allaqachon milliard evrodan ko‘proq zarar ko‘rib bo‘ldi.

wefijwejfwef

Kerakli chora-tadbirlar ko‘rilganiga qaramay, kasallanganlar soni kamaygani yo‘q. 4 may kuni berilgan hisobotga ko‘ra, yana 29 ming kishida COVID-19 aniqlangan. O‘tgan yili Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlarning aksariyati ortga qaytishda muammolarga duch keldi. Shu bois, Antaliyaga kelishi taxmin qilingan 15 million sayyoh soni 3 millionga qadar kamayib ketdi.

E’tiborlisi shundaki, Turkiya COVID-19ning mutatsiyaga uchragan ko‘rinishini tarqatish bobida sayyoramizda birinchi o‘rinda ketmoqda. Birgina Rossiyaning o‘zida Turkiyadan kelgan 193 insonda virusning mutatsiyaga uchragan varianti qayd etilgan.

Natijada, nafaqat turistlar oqimi, balki EChL finali ham Turkiyani chetlab o‘tishi mumkin. O‘tgan yili Istanbuldagi ulkan stadion finalni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, yakunda musobaqaga Portugaliya mezbonlik qilgan edi. Turklar finalni qabul qilish huquqidan 2021 yilda foydalanishga qaror qildi. Virus sababli ular bu safar ham maqsadlariga eta olmasliklari mumkin.

Buyuk Britaniya hukumati Turkiyani «qizil hudud» deb e’lon qildi. Bu Turkiyadan qaytgan barcha majburiy 10 kun karantinga olinadi degani. Hech qanday istisnoga o‘rin yo‘q! 17 maydan boshlab qonun kuchga kiradi. Final bahsi 29 may sanasida bo‘lib o‘tadi. Vaziyat keskinlashganiga qaramay, UEFA chekinishni istamayapti. Ular o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali muammoga oydinlik kiritdi.

«Final Istanbul shahrida muxlislar soni kamaytirilgan xolda tashkil etiladi. Umid qilamizki, 17 mayda kuchga kiruvchi qonun final jozibasiga ta’sir ko‘rsatmaydi».

UEFA «Siti» va «Chelsi» muxlislari uchun 8 000 chipta sotishni reja qilgan. Shunga qaramay, ingliz hukumati bergan ma’lumotlarga qaraganda, muxlislarning bunday katta oqimda Turkiyaga jo‘nab ketishi imkonsiz. Mamlakat buni oldini olish maqsadida barcha kuchni o‘rtaga tashlamoqchi.

kdpulzdrukr

Endi nima bo‘ladi?

ESPN nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, hozir UEFA va Angliya o‘rtasida muzokaralar ketmoqda. Unga ko‘ra, inglizlar Istanbuldagi finalni «tumanli albion»dagi birorta stadionga almashtirmoqchi. Britaniya transport vaziri - Grant Shapsning ma’lum qilishicha, allaqachon bir necha stadionlar o‘z xizmatini UEFAga taklif etgan. Birinchilardan bo‘lib «Villa Park» rahbariyati kerakli hujjatlarni topshirgan. Birmingem shahri bunday darajadagi bahs uchun ideal neytral zona sanaladi.
Ingliz muxlislari ham ishga kirishdi. Ular Aleksander Cheferin bilan muzokaralar olib borish tarafdori. Kasallikning Evropadagi o‘chog‘iga aylanib borayotgan mamlakatga borish hech kimga yoqmayapti. Agar o‘yin ko‘chirilmasa, London fanatlari ommaviy tarzda chipta sotib olishdan bosh tortmoqchi ekanligini yashirib o‘tirgani yo‘q. Ular finalni Angliyada tashkillashtirishlarini talab qilmoqda.

Tomoshabinlar Turkiyaning keskin qoidalariga rioya qilishni istamayapti. Boz ustiga, agar muxlislar Istanbulga uchib borsa, davlat maxsus mehmonxona buyurtma berishi shart. Qo‘shimchasiga, barcha xarajatlar ham Britaniya hukumati tomonidan amalga oshiriladi.

jfiwejifwejigweg

Xorij nashrlarining yozishicha, agar final Istanbulda o‘tkazilsa, muxlislar tashrifini kutmasa ham bo‘ladi. Inglizlar o‘z stadionlariga UEFAning talabi asosida muxlislar kirishi uchun ruxsat berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shu tariqa, inglizlar finalni o‘z maydonlarida o‘tkazish uchun amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha ishni qildi. Endi UEFA hafta so‘ngida o‘z qarorini e’lon qiladi. Yoki chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan «Villa Park» yoki bo‘sh-bo‘sh Istanbuldagi arena! Ko‘ramiz, qaysi tomon yakunda finalni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritar ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!