
EChL. Eronlik futbolchi dubl qilgan bahsda "Portu" yirik g‘alabani tantana qildi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Bryugge" - "Portu" bahsi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Portugallar safida Taremi dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Evanilson hamda Eushtakiu raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ochkolari sonini 9 taga etkazib olgan "Portu" "B" guruhida 9 ochko bilan 2-o‘rinni band qilib turibdi. 10 ochkosi bor "Bryugge" mag‘lubiyatdan qat’i nazar peshqadam bo‘lib qoldi.
Fikrlar