EChL. Chorak finalning ilk ishtirokchilari ma’lum, Ronaldu turnirni erta tark etdi...
Bugun Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvlariga start berildi. Dastlabki 2 uchrashuvda kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.
Dortmundda "Sevilya"ni qabul qilgan "Borussiya" ispanlar bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi. "Borussiya"ning har ikkala goliga norvegiyalik vunderkind Erling Xoland mualliflik qilgan bo‘lsa, "Sevilya"ning 2 goli jamoa hujumchisi Yusuf En-Nesiri nomiga yozildi. Ikki jamoa o‘rtasidagi dastlabki bahsda dortmundliklar 2:3 hisobida zafar quchgani bois, "asalarilar" umumiy hisobda 5:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va chorak finalga yo‘l olgan ilk jamoaga aylanishdi.

Turindagi "Alyants arena"da esa haqiqiy jang kechdi. Portugaliyada kutilmagan tarzda mag‘lubiyatga uchragan "Yuventus"ni ko‘pchilik o‘z uyida qiynalmay g‘alabani qo‘lga kiritishiga ishongan edi, biroq amalda unday bo‘lmadi. O‘yinning asosiy vaqti Kezaning 2 goli tufayli "ekstra-taym"larga qadar davom etadigan bo‘ldi hamda qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar bir-birlarining darvozalarini yana bir martadan ishg‘ol qilishdi. Yakuniy hisob esa 3:2 (Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:4) - "Portu" mehmondagi gollari evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi! Ronalduning "Yuventus"i esa turnirni erta tark etdi. Sensatsiya!

Ertaga tunda 1/8 final javob uchrashuvlarining qolgan uchrashuvlari ham davom ettiriladi:
PSJ - "Barselona"; "Liverpul" - RB "Leyptsig".



Fikrlar