
EChL chorak finaliga qur’a tashlandi
Avval xabar berganimizdek, joriy haftada o‘tkazilgan o‘yinlardan so‘ng UEFA Chempionlar ligasida 1/4 finalda ishtirok etadigan barcha jamoalar saralab olindi.
Ular Angliyadan "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Liverpul", Ispaniyadan "Barselona", Italiyadan "Yuventus", Gollandiyadan "Ayaks" va Partugaliyadan "Portu" klublaridir.
Bugun ushbu musobaqaning chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:
"Ayaks" - "Yuventus"
"Liverpul" - "Portu"
"Tottenxem" - "Manchester Siti"
"Barselona" - "Manchester Yunayted".
Yarim final juftliklari
"Ayaks" - "Yuventus" / "Tottenxem" - "Manchester Siti"
"Liverpul" - "Portu" / "Barselona" - "Manchester Yunayted".
Fikrlar
Реал мухлислари Юнайтедга!!!