
EChL. Bugun Madrid va Manchesterda chorak final uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tadi
Xabaringi bor, Chempionlar Ligasi nimchorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Chorak final yo‘llanmasi uchun 4 jamoa kurash olib boradi. Madriddagi "Alfredo Di Stefano" stadionida "Real" "Atalanta"ni qabul qiladi. Dastlabki o‘yin "qirollik klubi"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Shuningdek, neytral maydon "Pushkash Arena"da "Siti" Myunxengladbaxning "Borussiya"sini mehmon qiladi. Birinchi bahsda "shaharliklar" 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Har ikki bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar