
EChL. "Atletiko"ning ahvoli yanada qiyinlashdi, "Napoli" va "Bryugge" esa pley-off yo‘llanmasini naqd qildi
Evropa Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi "Atletiko" - "Bryugge" va "Napoli" - "Ayaks" uchrashuvlari yakuniga etdi. Qiziqarli kechgan bahslarda madridliklar Belgiya klubi qarshiligini sindira olmagan bo‘lsa (0:0), "Napoli" "Ayaks"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:2.
Durangdan keyin "matraschilar" hsiobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va hozircha guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Bryugge" esa 10 ochko bilan pley-offga chiqdi.
"Napoli" qo‘lga kiritgan g‘alabasidan keyin 12 ochko bilan guruhdan chiqishni uddaladi. "Ayaks" esa 3 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar