
EChL. "Atletiko" ishonchli tarzda zafar quchdi, "Lill" esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan yana ikkita bahs o‘z nihoyasiga etdi.
"Atletiko" o‘z maydonida "Slovan Bratislava"ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinda Grizmann dubl qilgan bo‘lsa, Alvares bitta super gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Strelets javob qaytardi.
Ushbu g‘alabadan keyin "matraschilar" turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Atletiko Madrid
- Antoine Griezmann 57'
- Julián Álvarez 16'
- Antoine Griezmann 42'
11.12.2024 22:45

Slovan Bratislava
- D. Strelec 51'
"Lill" - "Shturm" bahsida mezbonlar g‘alabani ilib ketishdi. Dastlab, ikkita gol farqi bilan oldinda borayotgan frantsiyaliklar 47-daqiqagacha ikki marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. 81-daqiqada esa Xaraldsson jamoasini oldinga olib chiqdi.
"Lill" shu tariqa 6-pog‘onaga, Avstriya klubi esa 29-pog‘onaga joylashdi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Lill
- Hákon Arnar Haraldsson 81'
- Osame Sahraoui 37'
- Mitchel Bakker 45'
11.12.2024 22:45

Sturm Graz
- O. Kiteishvili 45'
- Mika Biereth 47'
Fikrlar