
EChL. Asensio yana gol urgan uchrashuvda "Aston Villa" g‘alaba qozondi
Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk bellashuvida "Aston Villa" "Bryugge"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida angliyaliklar hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib, belgiyaliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, 82-daqiqada "Bryugge" o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Asensio 88-daqiqada oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi javob bellashuvi 12 mart kuni soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Nimchorak final

Club Brugge
- Maxim De Cuyper 12'

Aston Villa
- Leon Bailey 3'
- Marco Asensio 88'
- Brandon Mechele 82'
Fikrlar