Dzyudochilarimiz Turkiy davlatlar Universiadasiga yo‘l olishdi

  • 2 sentabr, 09:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

3-9 sentyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida III Turkiy davlatlar Universiadasi bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Ushbu kompleks musobaqada 5 ta mamlakat sport jamoalari ishtirok etadi. Universiadada o‘zbekistonlik 80 nafar talaba sportchilar sportning 5 ta olimpiya va 2 ta noolimpiya turlari bo‘yicha medallar uchun bahs olib borishadi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Ulug‘bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz ham qo‘shni davlatga jo‘nab ketishdi.

Universiadada qatnashadigan tarkibimiz:

QIZLAR
-48 kg: Ruxshona Alisherova
-52 kg: Zarina Jamalova 
-57 kg: Ramajon Saparova
-63 kg: Marjona Nurillaeva
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-78 kg: Mushtariybegim Afsalova 
+78 kg: Mohlaroyim Tuxtamisheva

O‘G‘IL BOLALAR     
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov 
-66 kg: Shohjahon Otaboev
-73 kg: Hojiakbar Toshev 
-81 kg: Nodir Mavlonberdiev 
-90 kg: Sardor Erkinov
-100 kg: Muhammadali Tangriev
+100 kg: Alijon Quvondiqov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!