
Dzyudochilarimiz Tojikiston Prezidenti kubogida ishtirok etishadi
2-5 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa o‘tkaziladi. Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kamol Murodov boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari Dushanbedagi turnirga 9 nafar dzyudochi bilan yo‘l olmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra -60, -73 va -100 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazilmaydi.
Terma jamoa tarkibi:
-66 kg: Muhriddin Tilovov, Dilshodbek Yo‘ldoshev
-81 kg: Suhrob Tursunov, Arslon Tojiev, G‘iyosjon Boboev
-90 kg: Shermuhammad Jandreev, Doston Meyliev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev, Shohruhxon Baxtiyorov
Fikrlar