Dzyudochilarimiz nufuzli turnirda 4-o‘rinni egallashdi

  • 24 mart, 13:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Gruziya poytaxti mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha "Tbilisi Grand Slam 2025" musobaqasi o‘z yakuniga etdi. 

Uning so‘nggi kunida o‘tgan yilgi O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori Umar Bozorov (-90 kg) faoliyatidagi ilk xalqaro musobaqasidayoq shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

U IJF bayrog‘i ostida ishtirok etgan Yavor Varapeu, gruziyalik Soso Ebilashvili, vengriyalik Peter Safrani, niderlandiyalik Mark Van Diykni mag‘lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda jahon reytingida 24-o‘rinni egallab turgan frantsiyalik Aleksis Matyoni chiroyli usulda taslim etdi. Bozorov oltin medal bilan birga 1000 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Dzyudochilarimizdan Azizbek Ortiqov va Abdurahim Nutfulloev -66 kg vazn toifasida bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan"Tbilisi Grand Slam 2025" turnirini umumjamoa hisobida 4-o‘rinda yakunladi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!