
Dzyudo. Yana bir vakilimiz Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirida sovrindor bo‘ldi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining g‘aznasi kumush medali bilan boyidi.
-73 kg vazn toifasida finalgacha etib borgan Obidxon No‘monov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Hamyurtimiz final bellashuvida mo‘g‘ulistonlik Erdenbayar Batzayaga imkoniyatni boy berdi.
Bu No‘monov uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi uchinchi medal bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlarda Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Manba: MOQ
Fikrlar