
Dzyudo. Toshkentda o‘tgan tarixiy jahon chempionatini tarixiy natija bilan yakunladik!
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini yakkalik bellashuvlarida uchinchi o‘rinda yakunladi.
Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboev (-100 kg) qo‘lga kiritgan oltin medallar evaziga birinchi bor dunyo birinchiligini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda tugatdik!
Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-5:
Yaponiya 5 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza
Braziliya 2 ta oltin 1 ta kumush 1 ta bronza
O‘ZBEKISTON 2 ta oltin
Mog‘uliston 1 ta oltin 1 ta kumush 1 ta bronza
Xorvatiya 1 ta oltin 1 ta kumush
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, sportchi va murabbiylar, bu yo‘lda mehnat qilgan boshqa barcha mutaxassislar va millionlab yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
Fikrlar