
Dzyudo. Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining dastlabki kunida vakillarimiz 3 ta medalga sazovor bo‘ldi
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda Dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oldi. Musobaqaning ilk kunida terma jamoamizning 3 nafar vakili sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida kurashgan Doston Ro‘ziev hamda -66 kg vazn toifasida kurashgan Muhriddin Tilovov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. -66 kg vazn toifasi finalida kurashgan Sardor Nurillaev chempionlik bahsida tojikistonlik Nurali Emomaliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
Ertaga ham bellashuvlar davom etadi.
Fikrlar