Dzyudo. Terma jamoamiz Olimpiada yo‘lida eng yirik ochko taqdim qiladigan musobaqada qatnashadigan tarkibi ma’lum

  • 24 iyul, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

4-6 avgust kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi unda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Qayd etish joiz, ushbu turnir Parij-2024 tsikli davomida eng yirik reyting ochkolarini taqdim qiladigan musobaqa hisoblanadi (hatto jahon chempionatinikidan ham ko‘p). “Masters” seriyasiga kiruvchi turnir yilda 1 marotaba o‘tkazilib, unda har bir vazn toifasida kuchli 36 talikka kira olgan sportchilargina ishtirok eta oladi. Budapeshtda o‘z vaznlarida g‘alaba qozongan sportchilar jahon va Olimpiada reytingi uchun 1800 ochkoga ega bo‘lishadi.

Tarkibimizda Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboev kabi jahon chempionlari, Diyora Keldiyorova, Dilshod Baratov, Alisher Yusupovdek JCh sovrindorlari va boshqa sportchilarimiz nomini uchratish mumkin. To‘liq tarkib esa quyidagicha:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-60 kg: Doston Ro‘ziev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-73 kg: Obidxon No‘’monov
-90 kg: Davlat Bobonov
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
-100 kg: Otabek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!