Dzyudo. Terma jamoamiz Bokudagi "Katta dubulg‘a" turnirini 4 ta medal bilan yakunladi

  • 7 noyabr, 2022, 09:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ozarbayjonda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida kechgan bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

+100 kg vazn toifasi finalida jahon reytingining amaldagi peshqadami, tojikistonlik Temur Rahimovga qarshi bahs olib borgan Alisher Yusupov imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu vazn toifasida kurashgan boshqa bir vakilimiz Shohruh Baxtiyorov esa bronza medali uchun bahsda finlyandiyalik Martti Pumalaynendan ustun keldi.

Shu tariqa, terma jamoamiz Boku turnirini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Musobaqa qahramonlari:

Diyora Keldiyorova (-52 kg) - oltin
Alisher Yusupov (+100 kg) - kumush
Sita Qadamboeva (-52 kg) - bronza
Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) - bronza

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!