Dzyudo. Terma jamoamiz Avstriyaga yo‘l oldi

  • 7 yanvar, 2023, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 8-15 yanvar kunlari Avstriyaning Mitterzill shahrida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Evropa safariga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Mazkur yig‘inda dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyuradigan 600 nafardan ortiq sportchi jam bo‘ladi. Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur yig‘in uchun quyidagi 22 nafar sportchini jalb qildi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov, Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Bobur Vajiev, Sardor Nurillaev
-73 kg: Shahram Ahadov, Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev, Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov, Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev, Otabek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Xalimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambaeva
-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Ermaganbetova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘in terma jamoamizga 27-29 yanvar kunlari Portugaliyada o‘tadigan Gran-pri musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!