
Dzyudo. Qizlarimiz yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Bobonov esa finalda!
Bugun Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bellashulari o‘tkazilmoqda. Unda 3 nafar hamyurtimiz bahsga kirishdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov birinchi bosqichda slovakiyalik Peter Zilkani, ikkinchi bosqichda janubik koreyalik Juyup Xanni, uchinchi bosqichda bolgariyalik Ivaylo Ivanovni, yarim finalda esa gruziyalik Lasha Bekuarini mag‘lub etdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bobonov endi chempionlik uchun italiyalik Kristian Parlatiga qarshi tatamiga chiqadi.
Afsuski, ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtlarimiz – Gulnoza Matniyozova hamda Shohista Nazarova medallar uchun da’vogarlik qila olmadi.
Fikrlar