
Dzyudo. O‘zbekiston Frantsiyani mag‘lub etdi
Bolgariyada davom etayotgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslari boshlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda fransiyalik dzyudochilarni 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Muhammadkarim Nosirov (-60 kg), Inomjon Bahodirov (-81 kg), Umida Nig‘matova (+63 kg) va Alibek Durdiev (+81 kg) terma jamoamizning umumiy g‘alabasini ta’minlashdi.
Chorak finaldagi raqib Qozog‘iston terma jamoasi bo‘ladi. Qo‘shnilarimiz ilk davrada mezbonlar Bolgariya terma jamoasidan 4:1 hisobida ustun kelishdi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar