
Dzyudo. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Avstriyaga jo‘nab ketdi
3-4 sentyabr kunlari Avstriyaning Obervart shahrida dzyudo bo‘yicha Evropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi dunyoning 37 mamlakati vakillari ishtirok etadigan mazkur musobaqada qizlarni sinovdan o‘tkazishni lozim topishdi. Unda qatnashadigan jamoamiz kecha tunda Avstriyaga yo‘l oldi.
Tarkib esa quyidagicha:
-48 kg: Xalimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Fikrlar