Dzyudo. "Katta dubulg‘a" turniridan so‘ng reyting yangilandi. Vakillarimiz nechanchi o‘rinlarni band etgan?

  • 1 dekabr, 2021, 16:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Tecno

Unda -90 kg vazn toifasida etakchilik qilgan vakilimiz Davlat Bobonov 2 yil avvalgi musobaqalarda qo‘lga kiritgan ochkolarining kuygani sabab ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Etakchilik Tokio-2020 chempioni gruziyalik Lasha Bekauri qo‘liga o‘tdi.

Qayd etish joiz, joriy oy Bekaurining 2 yil avvalgi qo‘lga kiritgan yirik ochkolaridan biri hisobdan chiqariladi. Bu esa Bobonovning hali yana peshqadamga aylanishi anglatadi. Shuningdek, Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” finalchisi Hikmatilloh To‘raev oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5240 ochko
22. Kemran Nurillaev – 1848 ochko

-66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5348 ochko
7. Sardor Nurullaev – 3569 ochko

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5475 ochko
6. Hikmatilloh To‘raev – 3199 ochko

-81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6710 ochko
3. Sharofiddin Boltaboev – 4456

-90 kg:
1. Lasha Bekauri (Gruziya) – 5780 ochko
2. Davlat Bobonov – 5736 ochko

-100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5744 ochko
13. Muhammadkarim Xurramov – 2815 ochko

+100 kg:
1. Tamerlan Bashaev (Rossiya) – 6250 ochko
25. Alisher Yusupov – 1503 ochko
27. Bekmurod Oltiboev – 1352 ochko

Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Frantsiya) – 6520 ochko
10. Diyora Keldiyorova – 3142 ochko

-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5739 ochko
10. Gulnoza Matniyazova – 3027 ochko

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!