
Dzyudo. Hamyurtimiz Parijga hakam sifatida boradi
"Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlarimiz safi ham kengaymoqda. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) bo‘lajak Olimpiadada ishtirok etadigan referilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi, unda xalqaro toifadagi hakam, hamyurtimiz Vyacheslav Pereteyko ham bor. Ma’lumot uchun, Pereteyko bundan avval "Tokio-2020" Paralimpiya o‘yinlarida ishlagan edi.
Manba: Olympic.uz
Fikrlar