
Dzyudo. Germaniya terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi
Germaniya terma jamoasi 6-13 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi.
Tarkibda Tokio-2020 Olimpiadasining aralash jamoaviy bahsida yaponiyalik Shoxei Ononi mag‘lub etgan Igor Vandtke, Tokio-2020 sovrindorlari Eduard Trippel (-90 kg) hamda Anna-Mariya Vagner kabi nomlarni uchratish mumkin. Batafsil:
Erkaklar: M.Plafki (-60); L.Slamberger (-66); I.Vandtke (-73); D.Ressel (-81); E.Trippel (-90), K.Frey va D. Xerbst (-100), J.Frey va E.Abramov (+100).
Ayollar: K.Menz (-48); M. Bolxaus (-52); P.Stark (-57); N.Bazinski (-63); M.Butkereit va S.Maekelburg (-70); A.Vagner va A.Boexm (-78).
Fikrlar