Dzyudo. “Bukhara Open” xalqaro turniri start oldi

  • 15 mart, 15:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Buxoro shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi.

Musobaqada 2009-2011 hamda 2012-2014 yillarda tug‘ilgan dzyudochilar bir nechta vazn toifasida medallar uchun bahslarga kirishishdi. 

Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu turnirda yurtimizning barcha hududlari yosh dzyudochilari bilan birga qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikasidan kelgan o‘smirlar tatamiga chiqishmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!