
Dzyudo. Bugun 8 nafar vakilimiz tatamiga chiqadi
Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Bugun terma jamoamizning 8 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-90 kg: Umar Bozorov - Yavor Varapeyu (IJF);
-100 kg: Rustam Shorahmatov - Fransisko Balanta (Kolumbiya)/Jin Karletti (Italiya);
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Ris Tompson (Buyuk Britaniya);
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov - Losseni Kone (Germaniya);
Ayollar:
-78 kg: Marjona Ko‘chimova - Estelle Posvit (Frantsiya);
-78 kg: Barchinoy Qodirova - Zanet Mikaelidu (Kipr);
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Marit Kamps (Niderlandiya);
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva - Brijit Karabali (Kolumbiya).
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar