
Dzyudo. Bugun 4 nafar vakilimiz tatamiga chiqadi!
Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Erkaklar -73, -81, ayollar esa -63 va -70 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Bugun terma jamoamizning 4 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-73 kg: Obidxon Nomonov - Ahmadzod Masudi (Tojikiston)/Andreu Kiprianos (Kipr)
-81 kg: Suhrob Tursunov - Erjan Kanatbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
AYoLLAR:
-63 kg: Marjona Nurulloeva - Aviti Alkaraz (Meksika)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva - Iren Pedrotti (Italiya)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar