
Dzyudo. Bugun 3 nafar hamyurtimiz Abu-Dabi "Katta dubulg‘a" turnirida ishtirok etadi
Bugun dzyudo bo‘yicha Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga etadi. So‘nggi kun bahslarida og‘ir vaznli sportchilar o‘rtasida g‘oliblar aniqlab olinadi.
Ushbu kun dasturida ham 3 nafar vakilimiz tatamiga chiqadi.
-100 kg: Otabek To‘raboev – Qaysar Xan (Pokiston)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Mustafo Fofana (Gvineya)
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Metka Lobnik (Sloveniya)
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan ikki kundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1 tadan kumush va bronza medallari mavjud.
Fikrlar