
Dzyudo. Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turniriga qur’a tashlandi
Joriy yilning 11-13 oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 4 qit’asi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun tatamiga chiqadi.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turnirida 16 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi.
Biroz avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov - Ismael Diego (Braziliya)
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Luka Modebadze (Gruziya)/Felipe Dakruz (Livan)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Luka Kajjiano (Italiya)/Adilbek Berikuli (Qozog‘iston)
-66 kg: Ismoil Nishonboev - Rashad Elkiev (Ozarbayjon)
-73 kg: Muhriddin G‘iyosov - Ermek Amangeldi (Qozog‘iston)
-73 kg: Shavkat Saitqulov - Karen Galstyan (IJF)
-81 kg: Suhrob Tursunov - Israel Nzange (Kot DʻIvuar)
-81 kg: Zulfiddin Usmonov - Viron Jon Ferrer (Filippin)
-90 kg: Nurbek Murtozoev - Ken Dakasin (Filippin)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov - Mixail Latishev (Moldova)
-100 kg: Zufarbek O‘rolov - Niyaz Bilalov (IJF)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Jahongir Majidov (Tojikiston)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov - Tamerlan Bashaev (IJF)
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboev - Madi Edilbaev (Qozog‘iston)
Ayollar:
+78 kg: Fotima Quramboeva - Karen Stivenson (Niderlandiya)
+78 kg: Durdona Nizomaddinova - Koralie Hayme (Fransiya)
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar