Dzanolo Mourinoni ishontira olmadi

  • 16 yanvar, 2023, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nikolot Dzanolo o‘z davrida “Roma”ning haqiqiy yulduzi edi. Endi 23 yoshli futbolchi rimliklardan yangi shartnoma ololmayapti.

Tecno

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dod egasi keyingi paytda bosh murabbiy Joze Mourinoning ishonchini qozonishga harchand urinmasin, buning uddasidan chiqa olgani yo‘q.

Dzanolo yangi yilgacha yangi kelishuv imzolanishini kutgandi. Lekin rahbariyat tomonidan bundan taklif bo‘lgani yo‘q. Klub mutasaddilari o‘yinchidan mavsum tugashini kutishni so‘ragan.

Klub xo‘jayinlari Dzanolo butun mavsumni barqaror o‘tkaza olmasligi va ko‘p jarohat olishidan norozi bo‘lmoqda.

Qolaversa, talabchanligi bilan ajralib turadigan  “Roma” muxlislari ham bir necha uchrashuvlardan beri Nikologa e’tiroz bildirib,  hushtakbozlik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!