
Dzanolo Bundesliga grandining "radariga" tushib qoldi
Italiyalik yarim himoyachi Nikolo Dzanolo "Roma"da qolishni istamayapti. Kuni kecha bosh murabbiy Joze Mourino 23 yoshli futbolchi o‘ynashdan va hatto mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortganini aytdi.
Bundan tashqari, “Roma” uning transferi bo‘yicha “Bornmut” bilan kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, u APL klubiga o‘tishdan bosh tortgan.
Bild xabariga ko‘ra, Dzanolo "RB Leyptsig"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Nemis grandi Italiya terma jamoasi a’zosini Dani Olmoga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Boisi ispaniyalik futbolchiga Evropaning ko‘plab top-klublari takliflar bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, “Roma” Nikolo Dzanoloning transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi. Transfermarkt portali mutaxassislari ham yarim himoyachini aynan shu summaga baholamoqda.
Fikrlar